Shohakobir Xodiyev
Mutaxassis
Suvaraklar (tarakanlar) – insoniyat bilan yonma-yon yashab kelayotgan eng chidamli hasharotlardan biridir. Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarda, ayniqsa axlat quvurlari mavjud bo‘lgan eski binolarda suvaraklar haqiqiy ofatga aylanishi mumkin. Ular ventilyatsiya tizimlari, kanalizatsiya quvurlari va elektr simlari o‘tadigan teshiklar orqali butun uyni egallab oladi.
Suvaraklar nima uchun xavfli?
Suvaraklar shunchaki jirkanch hasharot emas, ular biologik xavf manbaidir. Ular kanalizatsiya va axlatxonalarda yurib, oyoqlarida millionlab patogen bakteriyalarni tasiydi. Oziq-ovqat mahsulotlari ustidan yurganda quyidagi kasalliklarni yuqtirishi mumkin:
Ichburlar (Dizenteriya);
Salmonellez;
Gijja tuxumlari;
Turli xil allergik reaksiyalar va astma (ayniqsa yosh bolalarda).
Nega dixlofos va bo‘rlar yordam bermaydi?
Ko‘pchilik bozorlardan arzon Xitoy dorilarini sotib olib ishlatadi. Ammo natija vaqtinchalik bo‘ladi.
Genetik immunitet: Suvaraklar zaharli moddalarga tez o‘rganib qoladi. Tirik qolgan suvarakning avlodi o‘sha zaharga chidamli bo‘lib tug‘iladi.
Yashirinish joylari: Ular plintus orqasida, maishiy texnika motorlarida (muzlatgich, mikroto‘lqinli pech) va kafel ostida yashirinadi. Oddiy sprey bu joylarga yetib bormaydi.
Tez ko‘payish: Bitta urg‘ochi suvarak o‘z hayoti davomida yuzlab tuxum qo‘yadi.
DezinTash usuli: kombinatsiyalashgan hujum
Biz suvaraklarga qarshi kurashda eng samarali "zarba berish" usulini qo‘llaymiz:
Sovuq Tuman (Cold Fog): Asosiy tozalash uchun. Insektitsid tuman holatida barcha yuzalarni qoplaydi.
To‘siq (Baryer) Himoyasi: Kelajakda qo‘shnilardan hasharot o‘tmasligi uchun ventilyatsiya va kirish joylariga uzoq muddat ta’sir qiluvchi mikrokapsulali vositalar sepiladi.
Gel Usuli: Maishiy texnika va nozik joylar uchun maxsus gellar qo‘llaniladi.





